Sevara Xolikulova Xasan qizi
Sevara Xolikulova Xasan qizi 2006-yil 14-sentabrda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida sun’iy intellekt yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 2024-yilda boshlagan. Tengdoshlarining katta yutuqlarga erishayotganini ko‘rib, o‘zining dangasalik qilib yurganini anglagani unga ta’sir qilgan. Uning hayotiy shiori: “Hamma kechqurun uxlayotganda, sen uxlamay kelajaging uchun imkon yaratyapsan.” U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat sifatida tartib-intizomni biladi.
Sevara hozirda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanadi va farzandidan ortgan vaqtida til o‘rganadi. U oila va farzand bilan ham rivojlanish mumkinligini, shuningdek, hech qachon to‘xtab qolmaslik kerakligini ta’kidlaydi.
Uning kelajakdagi maqsadlari IT sohasida yangiliklar yaratish hamda “qiz bola o‘qib olim bo‘ladimi?” deganlarga qiz bola nimalarga qodir ekanini ko‘rsatishdan iborat. U IT sohasiga qiziquvchilar va yangilik yaratuvchilar safida. Yoshlar uchun uning motivatsion fikri: “Har bir yosh o‘z orzulariga ishonib, tinmay harakat qilsin. Bugungi kichik qadamlar ertangi katta muvaffaqiyatlarga yo‘l ochadi.”
