Sevinch Musurmonova Nasim Qizi

Sevinch Musurmonova Nasim Qizi
Sevinch Musurmonova Nasim Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sevinch Musurmonova Nasim qizi 07.09.2007-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashaydi.

U 1-sinfdan 9-sinfgacha o‘rta ta’lim maktabida, 10–11-sinflarda Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tahsil olgan. Hozirda O‘zJOKU — O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2-kurs talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishida tahsil oladi. U 2025-yilda DTM imtihonlariga topshirgan.

Sevinch koreys tili bo‘yicha Topic 2, ingliz tili bo‘yicha CEFR B2 darajasiga ega. U jahon chempionatida volontyor bo‘lib, sertifikat va recommendation letter olgan. Shuningdek, Talabalar olimpiadasining ochilish va yopilish marosimlarida ishtirok etgan.

Uning hayotiga ustozlari, ota-onasi va bir kursdoshi ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy shiori: «Bugun o‘zingni yeng — ertaga dunyo seni tan oladi».

Sevinch bo‘sh vaqtida asosan sport bilan shug‘ullanadi, voleybol va badminton o‘ynaydi, til o‘rganadi hamda har xil tadbirlarga tayyorgarlik ko‘radi. U ham o‘qiydi, ham ishlaydi; shu bilan birga, sport bilan shug‘ullanishga va kurslarga qatnashishga ham vaqt topadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun kommunikativlik, hamma bilan chiqisha olish, muammolarga to‘g‘ri yechim topish, bilimli va dunyoqarashi keng bo‘lish muhim. U boshqalar undan liderlik, energetiklik, faollik va kirishuvchanlikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

Uning kelajakdagi maqsadlari — nomdor stipendiya a’zosi bo‘lish, sportchi bo‘lish va har tomonlama mukammal kadr bo‘lish.

«Ilm yo‘lida yuksal, iymon bilan mustahkam tur, pok qalb va to‘g‘ri niyat seni nurli kelajak sari yetaklar».

Hoziroq ariza qoldirish