Sevinch Sultonova Bekmurod Qizi
Sevinch Sultonova Bekmurod qizi 2005-yil 30-oktyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Yangihayot tumanida yashaydi. U umumiy o‘rta ta’limni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 78-maktabda olgan.
Sevinch oliy ta’limning bakalavr bosqichida Toshkent davlat yuridik universitetida yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olmoqda. U faoliyatini 2023-yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish orqali boshlagan. NSP almashinuv dasturi doirasida to‘liq grant asosida Slovakiyada tahsil olmoqda.
U TDYU Karyera klubi bosh koordinatori, shuningdek, Yuridik klinika volontyoridir. Sevinch G‘afur G‘ulom nomidagi maxsus stipendiya hamda Olim fondi grantini qayd etgan. Uning yutuq va faoliyatlari qatorida “Parlament bilimdoni — 2024”, TOP Uni Camp 2026, Career Camp 2025, MDN tashkilotchiligi, “Bola huquqlari bilimdoni”, Polshaning Adam Miskevich universitetiga exchange programmasi, Mentorship 2024, TSUL PAC klubi Parlament moduli, Model Government, EYUF MUN, TSUL MUN, Ziyo Forum, Central Asian Universities Forum va MUNozara bor.
Uning o‘qishini doim qo‘llab-quvvatlab turuvchi shaxs — onasi. Oiladagi katta farzand bo‘lgan Sevinch bo‘sh vaqtida til o‘rganish, kitob o‘qish va mobilografiya bilan shug‘ullanadi. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat jamoa ishonchini qozona olish, deb hisoblaydi. Uning hayotiy prinsipi: “Barchasiga erishishning imkoni bor, faqat harakat qilish kerak.”
Kelajakda Sevinch advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish va sun’iy intellekt huquqining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. U boshqalar undan liderlikni, loyihalar tashkil etishni hamda turli xil xalqaro va milliy grantlarni yutishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
“Ba’zan eng katta imkoniyatlar biz kutmagan paytda paydo bo‘ladi. Muhimi, qo‘rqmasdan ularga bir qadam tashlashni bilishdir.”
