Sharifov Ruslan Saloxiddin O'g'li
Sharifov Ruslan Saloxiddin o‘g‘li 2008-yil 12-iyulda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Qarliq MFY, Yangi bog‘ ko‘chasi, 5-uyda istiqomat qiladi. U tugallanmagan oliy ta’limga ega bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi.
Ruslan Sharifov maktabdagi faoliyatini 2015-yilda, oliy ta’limdagi faoliyatini esa 2026-yilda boshlagan. U bir qancha til sertifikatlari sohibi hamda Zakovat bo‘yicha viloyat bosqichi sovrindori. Bo‘lajak filolog sifatida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ancha yutuqlar qayd etganini bildiradi.
Uning hayotida bobojoni va buvijoni muhim o‘rin egallaydi. Ular uning har bir yutug‘idan quvonib, mag‘lub bo‘lganida yana harakat qilishga undaganlar. Ota-onasining o‘rni ham beqiyos. U bo‘sh vaqtida ko‘proq kitob o‘qiydi, she’r va hikoya yozishni mashq qiladi hamda zamonaviy kasblarni o‘rganadi.
Ruslan Sharifov oliy ta’limni yaxshi baholar bilan tugatib, magistratura bosqichida tahsil olishni, yurtimizdagi top oliygohlarda yoshlarga mutaxassislik fanidan dars berishni rejalashtiradi. U ustozlariga o‘xshagan ustoz bo‘lishni maqsad qilgan. U yutuqlariga 50% oila a’zolari, 50% ustozlari mehnati bilan erishganini ta’kidlaydi va ularga o‘zidek shogird tayyorlaganliklari uchun rahmat aytadi.
Uning hayotiy prinsipi: «Hayot bir kundan iborat emas. Bir yutqazsang, ertaga yutasan. Maqsad bilan natijaning o‘rtasidagi masofa yaqin, ular o‘rtasida harakat nomli bekat bor. Kim qancha ko‘p harakat qilsa, maqsadiga tezroq yetadi. Orzu bilan emas, maqsad bilan yashash kerak, chunki amalga oshishi uchun sen uni o‘z oldingga maqsad qilib olishing kerak. Zero, u orzuligicha qolib ketaveradi...»
