Sharipova Madinabonu Dilmurodovna

Sharipova Madinabonu Dilmurodovna
Sharipova Madinabonu Dilmurodovna
20 sentabr, 20263 daqiqalik o'qish

Sharipova Madinabonu Dilmurodovna 2012-yil 10-sentabrda Buxoro shahrida tug‘ilgan. U Buxoro shahrida yashaydi va hozirda 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinfida tahsil oladi.

Madinabonu volontyor, koordinator, ambassador, yoshlar tashabbuskori va ijtimoiy loyihalarda faol yosh sifatida faoliyat yuritadi. Uning faoliyati yoshligidan tadbirlar tashkil qilish, loyihalar yaratish va turli g‘oyalar ustida ishlashga bo‘lgan yuqori qiziqishidan boshlangan. Avval u faqat maktab tadbirlarida juda faol bo‘lgan, biroq buning o‘zi unga yetarli bo‘lmagan. So‘ngra u bora-bora o‘z ustida qat’iy ishlagan, turli fan olimpiadalarida qatnashgan va “Zakovat” intellektual o‘yinlarida ishtirok etgan. U sport sohasida ham o‘zini sinab ko‘rgan, hunarmandchilik yo‘nalishida ham ko‘plab yutuqlarga erishgan. U doimo mukammallikka intilib, hamma sohada birinchilikni olishni yoqtiradi.

U “Eng zo‘r ijtimoiy loyiha” nominatsiyasi sohibasi. Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi targ‘ibot uchun sertifikat olgan hamda “Yosh kitobxon” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan. Qilichbozlik sport musobaqasida faxrli 2-o‘rinni, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning shaxmat yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni, mahalla yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faxrli 1-o‘rinni va intellektual matematika ko‘rik-tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek, to‘qish va munchoqli bezak hunar turlari bo‘yicha nominatsiyalarga hamda “Eng nafis va bejirim qo‘l mehnati” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan. U “Mutolaa” loyihasida ambassador, “Munozara Uz” loyihasida koordinator va ko‘plab loyihalarda volontyor sifatida faoliyat yuritadi.

U barcha muvaffaqiyatlarining sababchisi deb oilasini biladi. Oila davrasida yaqinlari unga: “Sen mukammal bo‘lishing lozim, zero hech kim sendan biror yo‘nalishda kamchilik topolmasin. O‘qimishli inson bo‘lish sening maqsadlaringdan eng muhimidir. Senga ishonch bergan insonlar umidini oqlashing lozim”, deya takror-takror ta’kidlaydilar. Uning hayotiy shiori: “Tavakkal qilishdan aslo qo‘rqma, zero o‘sish jasoratdan boshlanadi. Chegaralarga emas, imkoniyatlarga e’tibor qarat”.

Bo‘sh vaqtida Madinabonu taqdimotlar, chiqishlar, o‘zini rivojlantirish, yangi bilim va ko‘nikmalar o‘rganish, turli g‘oyalar ustida ishlash hamda unda qiziqish uyg‘otgan narsalar haqida ma’lumot to‘plash bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lishning eng muhim fazilatlaridan biri — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. Lider mustaqil tarzda qaror qabul qila olishi, xato qilsa javobgarlikni tan olishi, qiyin vaziyatda boshqalarga yo‘l ko‘rsata olishi, jamoasini tinglashi va qo‘llab-quvvatlashi, namuna bo‘la olishi lozim.

Uning kelajakdagi maqsadlari ko‘plab yutuqlarga erishish, Italiyada o‘qish, diplomatiya yo‘nalishida tahsil olish, shaxsiy brendiga ega bo‘lish, ko‘plab sayohatlar qilish va o‘z kompaniyasiga asos solishdan iborat. U ommaviy chiqish va kommunikatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishni rejalashtiradi. Kelajakda mustaqil, kuchli lider hamda jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lishni istaydi.

Uning fikricha, boshqalar undan tashabbuskorlik, jasorat, ijodkorlik, maqsad sari intilish, o‘z fikrini erkin bildira olish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini o‘rganishlari mumkin. U o‘zini to‘laqonli bilaman, deb o‘ylamaydi: kundan-kunga o‘zi bilmagan qobiliyatlari ochilishini va bundan o‘zi ham hayratlanishini aytadi. Unda har hafta yangi maqsad, yangi orzu va yangi reja g‘oyalari paydo bo‘ladi. U oddiylikni va bir xillikni uncha xush ko‘rmaydi, hayotining har bir kuni yangilik hamda o‘zgacha atmosferaga boy o‘tishini yoqtiradi. Uning uchun vaqt juda qadrli, shu bois u har bir kunini so‘nggisi deb o‘ylaydi.

Orzularingizdan voz kechmang, har kuni ularga tomon dadil qadam tashlang. O‘zingizga ishoning, chunki sizning harakatingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni yaratadi.

Hoziroq ariza qoldirish