Ensiklopediya1 daqiqa

Sharopova Sabina Baxtiyorovna

Biokimyo yo‘nalishi · Biologiya va kimyo o‘qituvchisi · Oliy toifali hamshira · Qizil diplom sohibasi · Yoshlar ustozi

Sharopova Sabina Baxtiyorovna 22.12.2000-yilda tug‘ilgan. U Samarqand shahrida yashaydi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Biokimyo yo‘nalishida tahsil olgan. U biologiya va kimyo fanlari o‘qituvchisi bo‘lib, faoliyatini 2024-yilda 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlagan.

Sabina Sharopova Siyob tibbiyot kollejining imtiyozli qizil diplomi sohibasi hamda oliy toifali hamshira. Uning hayotida havas qiladigan muhim shaxs — onasi.

U bo‘sh vaqtida bolalarga bilim ulashadi va har doim o‘z ustida ishlaydi. Liderlikning muhim fazilatlari sifatida tinglay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda har bir do‘stiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni biladi. U boshqalarga pozitivlik, qat’iyatlilik va qiyinchiliklardan osonlikcha o‘tib ketishni o‘rgata oladi, deb hisoblaydi.

Uning kelajakdagi maqsadi o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish va orzu-maqsadlariga erishishdir. Hayotiy prinsipi: «Har qanday qiyinchilikda ham o‘z maqsadingdan kechma, har doim izlanishda bo‘l, toki o‘zing xohlagan maqsadga yetmaguncha.»

«O‘z ustingda ishla va maqsadga erish.»

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Sharopova Sabina Baxtiyorovna

Biokimyo yo‘nalishi · Biologiya va kimyo o‘qituvchisi · Oliy toifali hamshira · Qizil diplom sohibasi · Yoshlar ustozi

Hoziroq ariza qoldirish