Shavkatov Azizbek Laziz O'g'li

Shavkatov Azizbek Laziz O'g'li
Shavkatov Azizbek Laziz O'g'li
26 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Shavkatov Azizbek Laziz O‘g‘li 2009-yil 24-yanvarda Olmaliq shahrida tug‘ilgan. U Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashaydi va 1-umumta’lim maktabida iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil oladi.

Azizbek faoliyatini 2021-yilda Yosh Strateglar maktabiga qo‘shilishdan boshlagan. Dastlab turli loyihalar va jamoaviy tashabbuslarda ishtirok etib, keyinchalik Strategik tashabbuslar lideri sifatida jamoa bilan ishlash va loyihalarni boshqarishga kirishgan. Jamiyatdagi muammolarni tahlil qilish hamda ularga amaliy yechim izlash uning iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirgan. Ushbu tajribalar orqali u liderlik, strategik fikrlash va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish ko‘nikmalarini shakllantirgan.

U 2023-yilda ingliz tili olimpiadasi, 2024-yilda o‘zbek tili olimpiadasi va 2026-yilda kimyo olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan. 2025–2026-yillarda maktabning eng yaxshi o‘quvchisi deb e’tirof etilgan. Azizbek 2021-yildan Yosh Strateglar maktabi a’zosi bo‘lib, hozirda Strategik tashabbuslar lideri sifatida faoliyat yuritadi. Uning IELTS natijasi 7.5, SAT natijasi esa 1400. U Kent State University va The University of Mississippi tomonidan 100% grant qayd etilgan.

Azizbekning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan insonlardan biri — professor Vladimir Lvovich Kvint. 2026-yilda Navoiyda bo‘lib o‘tgan Xalqaro yosh strateglar yig‘inida professor Kvint unga hech qachon taslim bo‘lmaslik va u o‘zi tasavvur qilganidan ham kattaroq salohiyatga ega ekanini aytgan. SAT bo‘yicha ustozi Marifat Jamal esa unga xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini ko‘rsatib, dunyoqarashini kengaytirgan va chet elda o‘qish orzusini aniq maqsadga aylantirishiga yordam bergan. Azizbek 2027-yil bahorgi semestrida AQShda tahsil olishni boshlash arafasida.

Bo‘sh vaqtida u tog‘ cho‘qqilarini zabt etish, yugurish, kitob o‘qish, kulolchilik va san’at bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. Shuningdek, tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazish va xorijiy tillarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi. Hozirda ingliz tilini C1, rus tilini C2, arab tilini B2, yapon tilini B1 va koreys tilini A2 darajasida biladi.

Azizbek kelajakda iqtisodiyot va biznes sohasida chuqur bilim olib, xalqaro tajriba orttirishni maqsad qilgan. U O‘zbekistonda ekologik va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadigan loyihalarni amalga oshirish, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda jamiyatga foydali tashabbuslarni rivojlantirishni istaydi. Uning hayotiy shiori: «Kutmayman — imkoniyat yarataman.»

Hoziroq ariza qoldirish