Shavkatova Sokinabonu Shozamon Qizi
Shavkatova Sokinabonu Shozamon qizi 2008-yil 23-oktabrda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tug‘ilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashaydi.
U Qarshi davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 1-kursida tahsil oladi. Faoliyatini yoshligidan boshlagan.
Sokinabonu Qizlar akademiyasi loyihasidan 15+ sertifikat olgan hamda 20+ xalqaro sertifikatga ega. U maktabni oltin medal va turli tanlovlardan olingan 30 dan ortiq sertifikat bilan bitirgan.
U 1 kitobni mutolaa qilganidan so‘ng kitobxonga aylangan va hozirda 50 dan ortiq kitobni mutolaa qilgan. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi. Shuningdek, u boshqalarga kitoblar bo‘yicha tavsiyalar berish va xalqaro sertifikatlarni olish bo‘yicha tajriba ulasha oladi.
Uning hayotiy prinsipi: “Orzularni maqsadga, maqsadlarni natijaga aylantiradigan eng kuchli vosita — ilm va tinimsiz izlanishdir.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatadi, balki o‘z qarorlari va jamoasining natijalari uchun ham javob bera oladi.
Uning eng katta orzusi — o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, bilimi va mehnati orqali jamiyatga foyda keltirish. U doimo izlanish, yangi bilimlarni egallash, o‘z ustida ishlash va kelajakda katta loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.
Ilm sari tashlangan har bir qadam — kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir.
