Sherqulova Baxoroy G'anisher Qizi
Sherqulova Baxoroy G‘anisher qizi 26.04.2006-yilda tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashaydi. U 2024-yildan beri Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi. Ingliz tili bo‘yicha B2 darajasiga ega va ingliz tilidan B2 sertifikatini olgan. Hozirda IELTS olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Baxoroy universitetda Zakovat musobaqalarida qatnashadi. Shu yil Mustaqillik tadbirida ham qatnashgan, mukofot sifatida universitet tomonidan pul taqdim etilgan. Uning hayotiga eng katta ta’sir qilgan insonlar — ota-onasi. Ularning mehnatsevarligi hamda qiyinchiliklarga qaramay taslim bo‘lmasligi unga mas’uliyatli va sabrli bo‘lishni o‘rgatgan.
Uning hayotiy prinsipi — har qanday vaziyatda taslim bo‘lmaslik va o‘z ustida ishlash. U «Bugungi harakat — ertangi natija» degan fikrga amal qiladi hamda har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intiladi. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, ingliz tili ustida ishlaydi va yangi narsalarni o‘rganadi. Shuningdek, musiqa tinglashni, uzoq sayr qilishni va yaqinlari bilan vaqt o‘tkazishni yoqtiradi. U yangi joylar, yangi odamlar va yangi taassurotlarni qadrlaydigan, oddiy narsalardan ham zavq topa oladigan qiziquvchan inson.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Lider boshqalarga yo‘l ko‘rsatishi, o‘z qarorlari va jamoasining natijalari uchun javob bera olishi, boshqalarni tinglashi hamda har bir insonning fikrini hurmat qilishi kerak. Baxoroy qiyinchiliklarga duch kelganda taslim bo‘lmaslikka va xatolaridan xulosa chiqarishga harakat qiladi. U bilganlarini boshqalar bilan bo‘lishish va ularga yordam berishni muhim deb biladi.
Uning kelajakdagi asosiy maqsadi — o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish, bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda rivojlantirish. U ingliz tilini yuqori darajada o‘zlashtirib, yaxshi natijalarga erishishni xohlaydi. Kelajakda o‘z bilim va tajribasi orqali boshqalarga ham foyda keltiradigan inson bo‘lish uning eng katta orzularidan biridir.
«Har doim o‘zingizga ishoning va qiyinchiliklardan qo‘rqmang. Har bir kichik qadam kelajakdagi katta natijalarga olib boradi.»
