Sherzodova Charos Sherzod Qizi
Sherzodova Charos Sherzod qizi 14.08.2008-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.
U O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi. Jurnalistika sohasiga qiziqadi va kelajakda shu sohada ishlamoqchi.
Charos televizor orqali “Zamon” informatsion dasturini ko‘rgan. Dildora Rustamovaga havas qilgani sababli jurnalistika sohasiga qiziqib qolgan. U ona tilidan B daraja hamda ingliz tilidan B1 darajadagi sertifikatlarga ega.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va o‘z ustida ko‘proq ishlaydi. Shuningdek, soch turmaklari va yuz pardozlarini qila oladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat.
U kelajakda yuqori natijalarga erishib, ota-onasining ishonchini oqlashni maqsad qilgan. Boshqalarga hech qachon muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslikni, o‘z fikriga ega bo‘lishni va o‘zini namoyon qila olishni o‘rgata oladi, deb hisoblaydi.
