Shirinova Ozoda Karimova

26 iyul, 20261 daqiqalik o'qish

Ozoda Shirinovna Kamrimova — buxgalteriya konsaltingi sohasida faoliyat yurituvchi yosh mutaxassis. U 2024 yilda o‘z faoliyatini 3 ta korxona bilan boshlagan bo‘lib, hozirda 23 ta xususiy korxonaning hisob-kitoblarini yuritish bilan shug‘ullanadi.

U O‘zbekiston iqtisodiyot universitetining Xalqaro biznes fakultetida bakalavr darajasini tamomlagan. Hozirda Malayziyadagi MMU universitetida sun’iy intellekt texnologiyalarini biznesda qo‘llash yo‘nalishida tahsil olmoqda hamda magistratura ta’limini davom ettirmoqda.

Ozoda Kamrimova “Kelajak bunyodkorlari” va “Yuksak iftixor” medallari bilan taqdirlanganini bildirgan. Uning shaxsiy biznes ochishiga ukasi Jaxongir Xudoynazarovich ilhom bergan. Hayotiy prinsipida hammaga yordam berish va tinimsiz mehnat qilish g‘oyasi ustuvor o‘rin tutadi.

Bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanadi va do‘stlari bilan sayr qiladi. U liderlik o‘z jamoasini topishdan boshlanadi, deb hisoblaydi. Kelajakda korxonasini kengaytirish bilan birga, turmush o‘rtog‘i rozi bo‘lsa, mehribonlik uyidan 10 nafar bolani asrab olib ulg‘aytirishni orzu qiladi. Uning yoshlar uchun fikri: “Har bir yaxshi g‘oya hayotingizni 5 foizga yaxshilaydi.”

Hoziroq ariza qoldirish