Ensiklopediya2 daqiqa

Shodiyorova Mehribon Shoxrux Qizi

Xalqaro munosabatlar talabasi · Yosh diplomat · Model BMT ishtirokchisi · Debat g‘olibi · Til o‘rganuvchi

Shodiyorova Mehribon Shoxrux qizi 30.07.2007-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriatining 2-bosqichida, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi.

Mehribonning siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlarga bo‘lgan qiziqishi bolaligida bobosi bergan boshlang‘ich ta’lim-tarbiya hamda kitobxonlikka o‘rgatishi orqali shakllangan. Uning amaliy faoliyati 2025-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishiga o‘qishga kirganidan so‘ng boshlangan. U talabalar diplomatiyasi klublari, Model BMT (MUN) konferensiyalari hamda tarixiy sammit simulyatsiyalarida faol ishtirok etib, muzokaralar olib borish va notiqlik ko‘nikmalarini shakllantirgan.

U Islom sivilizatsiyasi markazida 7–11-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan III Xalqaro islom forumida faol qatnashib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «Eng yaxshi tarjimon» nominatsiyasida g‘olib deb topilgan hamda unvon va sertifikat bilan taqdirlangan. 2026-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Diplomatic Synergy» tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Amir Temur diplomatiyasi» tarixiy diplomatiya sammitida faol ishtirok etib, maxsus sertifikat bilan taqdirlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan tashkil etilgan «Yosh siyosatchilar marafoni» loyihasida faol yosh sifatida e’tirof etilib, Yoshlar parlamenti raisining sertifikati bilan mukofotlangan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tgan «Siyosiy tahlilchilar» debatida o‘z jamoasi bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, maxsus sertifikat bilan taqdirlangan. U Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan muhim fraksiya majlislarida ham faol qatnashib keladi.

Mehribon uchun hayoti va shaxs sifatida shakllanishiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan inson bobosidir. Bobosi bilan suhbatlari unga siyosatshunoslik, adabiyot va san’at olamini kashf etishga turtki bo‘lgan. Uning hayotiy shiori: «Kuch — bahsda emas, muloqotda; yetakchilik — buyruqda emas, mas’uliyatda».

Bo‘sh vaqtida xalqaro munosabatlar, diplomatiya va siyosatshunoslikka oid kitoblar hamda tahliliy maqolalarni muntazam mutolaa qiladi. U o‘zbek, fors, ingliz va turk tillaridan tashqari arab tilini chuqur o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Badiiy adabiyot mutolaasi, san’at namunalari bilan tanishish, sayohat qilish, yangi madaniyatlarni o‘rganish hamda chet elliklar bilan muloqot qilish uning qiziqishlari sirasiga kiradi.

Kelajakda xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shish, xalqaro tashkilotlar va diplomatik tuzilmalarda faoliyat yuritish hamda yoshlar diplomatiyasi va siyosiy tahlil yo‘nalishida yangi imkoniyatlar ochishni maqsad qilgan.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Shodiyorova Mehribon Shoxrux Qizi

Xalqaro munosabatlar talabasi · Yosh diplomat · Model BMT ishtirokchisi · Debat g‘olibi · Til o‘rganuvchi

Hoziroq ariza qoldirish