Shohista Vafakulova Asrorkul qizi
Shohista Vafakulova Asrorkul qizi 2008-yil 27-iyulda Nurobod tumani Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashaydi. Shohista o‘rta maxsus ta’limni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyida olgan va hozirda SamDUda fizika sohasida tahsil olmoqda. U o‘qishni shu yil boshlagan.
Shohista 7-sinfda Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman bosqichida 1-o‘rinni olgan. U fizikadan C+ darajasiga, matematikadan esa C+ sertifikatiga ega. Shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyining qizil diplomi va kumush medali sovrindori.
Uning onasi o‘qishida unga motivatsiya bergan. Shohistaning hayotiy prinsipi: «Hayotimizdagi muvaffaqiyatsizliklar muvaffaqiyatga yetaklaydi. Faqat har bir xatodan to‘g‘ri xulosa qilish kerak». U bo‘sh vaqtida badiiy va dramatik asarlar o‘qiydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘ziga ishonch, yonidagilarning fikrini qabul qila olish va, eng avvalo, o‘zini qanday bo‘lishidan qat’i nazar qabul qila olish muhim. Shohista boshqalarga har qanday vaziyatda ham o‘zini tuta olish, vaziyatga qarab ish ko‘rish va yetakchilik borasida o‘rnak bo‘la oladi. U hushchaqchaq va kirishuvchan, kechikishni yoqtirmaydi. Kelajakda bobosiga o‘xshagan mashhur o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qilgan.
«Harakatdan to‘xtamang.»
