Shopoʻlatova Nozima Farmonovna

Shopoʻlatova Nozima Farmonovna
Shopoʻlatova Nozima Farmonovna
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Shopoʻlatova Nozima Farmonovna 2006-yil 27-mayda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani Valijon mahallasi Miraqast qishlogʻida tugʻilgan. U Samarqand shahrida yashaydi.

U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizika instituti 3-kurs talabasi. 2024–2025-yillarda Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi sardori sifatida faoliyat yuritgan.

Nozima QVZ («eng quvnoq qiz»), shaxmat, munozara va zakovat yo‘nalishlarida qatnashgan. U «Dolzab 90 kun» loyihasi bo‘yicha ||-darajali diplom olgan. Shuningdek, 21-sentabr — Samarqand davlat universiteti kuni, 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni osh tanlovi hamda turli tanlovlarda ishtirok etgan.

Uni Muhammad Yusuf va Zulfiya Isroilova ilhomlantiradi. U turli janrdagi kitoblarni mutolaa qiladi, she’r yozadi, rangsiz rasmlar chizadi va qo‘shiq xirgoya qiladi. Uning fikricha, liderlik uchun oldinga intilish, orqaga qaramaslik, o‘zini atrofdagilar bilan solishtirmaslik, o‘zini hammadan ustun deb bilish hamda shunga yarasha harakat qilish muhim.

U oliy ta’limni tugatib, Germaniyada magistraturada o‘qishni va buyuk fizik olima bo‘lishni rejalashtiradi. Nozima boshqalarga liderlik, yetakchilik va guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘rgata oladi. U o‘zini juda ham quvnoq qiz deb hisoblaydi, mas’uliyat va tartibni esa birinchi o‘ringa qo‘yadi.

«Boshqalar shunchaki yashayotgan asrda, sen kitob bilan ming xil hayotni bosib o‘tasan va ertangi kunni shakllantirasan.»

Hoziroq ariza qoldirish