Shukrullayeva Jasmina Sayyod qizi

Shukrullayeva Jasmina Sayyod qizi
Shukrullayeva Jasmina Sayyod qizi
11 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Shukrullayeva Jasmina Sayyod qizi 19.09.2008-yilda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetida 1-kurs talabasi sifatida tahsil oladi.

Jasmina maktabda insholar tanlovida 1-o‘rinni olgan, ingliz tilidan B1 darajadagi va tarix fanidan B darajadagi sertifikatlarga ega. U o‘rta ta’limni oltin medal bilan tamomlagan. O‘rta ta’lim davrida juda ko‘plab tadbirlarda ilg‘or o‘quvchilardan biri bo‘lgan, shuningdek, olimpiadalarda ham qatnashgan.

Unga ota-onasining moliyaviy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi ta’sir ko‘rsatgan. Uning hayotiy prinsipi — doimo ota-onaning duosini olish va harakatdan to‘xtamaslik. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi.

Jasminaning fikricha, lider bo‘lish uchun jamoadagilarni tinglay olish va eng qiyin vaziyatda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik muhim. Boshqalar undan liderlik hamda notiqlik qobiliyatidan oz-moz o‘rganishlari mumkin. U kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lishni hamda o‘z ishining professori sifatida ishlashni maqsad qilgan.

“Odamlar nima deyishidan ko‘ra, sen kim bo‘lishingni xohlayotganing muhimroq!”

Hoziroq ariza qoldirish