Shuxratbek Shavkatjonivich Abdupattoyev

Shuxratbek Shavkatjonivich Abdupattoyev
Shuxratbek Shavkatjonivich Abdupattoyev
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Shuxratbek Shavkatjonivich Abdupattoyev 2007-yil 11-may kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. U hozirda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashaydi.

U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining siyosatshunoslik yo‘nalishi bakalavr bosqichi 2-bosqich talabasi. Shuxratbek siyosat sohasiga yoshligidan qiziqib kelgan, maktab davrida ushbu sohaga oid barcha fanlarni o‘zlashtirgan va 2025-yilda siyosatshunoslik yo‘nalishiga talabalikka qabul qilingan.

Uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslardan biri — yuridik soha vakili va advokat sifatida faoliyat yurituvchi amakisi. Amakisining kasbiga mas’uliyat bilan yondashishi, qonunlarni chuqur bilishi hamda insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga intilishi Shuxratbekning adolat, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga bo‘lgan qarashlariga ta’sir ko‘rsatgan. U siyosatni faqat davlat boshqaruvi yoki siyosiy jarayonlar sifatida emas, balki jamiyat hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim mexanizm sifatida ko‘radi.

Bo‘sh vaqtida u siyosat, tarix, huquq va jamiyatga oid kitoblarni o‘qiydi, siyosiy jarayonlar hamda xalqaro munosabatlarga oid yangiliklarni kuzatadi, chet tillarini o‘rganadi va rasm chizish bilan shug‘ullanadi. U bo‘sh vaqtni o‘z ustida ishlash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakdagi maqsadlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati deb biladi.

Shuxratbekning kelajakdagi maqsadlari — poliglot bo‘lish, diplomat sifatida faoliyat yuritish, ecopolitics yo‘nalishini rivojlantirish va yoshlar orasida siyosiy jarayonlarga befarqlikni kamaytirishga hissa qo‘shishdir. U bir nechta xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirib, turli xalqlar va madaniyat vakillari bilan erkin muloqot qilishni, diplomatiya sohasida O‘zbekistonning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shishni istaydi. Shuningdek, ekologik muammolarni siyosiy qarorlar va davlat siyosati orqali hal etishga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirish hamda yoshlarning siyosiy bilimi va fuqarolik faolligini oshirishni maqsad qilgan.

Uning fikricha, liderlik uchun mas’uliyatlilik, ishtiyoq va kreativlilik muhimdir. U o‘z ustida doimiy ishlash, maqsad sari izchil harakat qilish, turli fikrlarni tinglash va voqealarga tanqidiy yondashishni muhim deb biladi.

Hoziroq ariza qoldirish