SOBIROV JAHONGIR NE'MATJON O'G'LI
Jahongir Sobirov Ne'matjon o'g'li 23.10.2008-yilda Xorazm viloyatida tug'ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U Ichki ishlar vazirligi akademik litseyi bitiruvchisi bo'lib, Perfect universitetining 1-kursida tahsil oladi.
U faoliyatini litseyda qattiq mehnat bilan boshlagan. Fizika fani hamda sportning erkin kurash turi bilan shug'ullanadi. Uning hayotida sportga undagan va uni tayyorlagan inson ta'sir ko'rsatgan.
Bo'sh vaqtida kitob o'qish, sport bilan shug'ullanish va yangi loyihalar bilan ishlashni yoqtiradi. Uning fikricha, hayotda hamma lider bo'la oladi; buning uchun o'z ustun jihatini topa bilish muhim. Shuningdek, u boshqalar undan maqsadidan qaytmaslikni o'rganishlari mumkin deb hisoblaydi va har qanday inson bilan muomala qila oladi.
Jahongir kelajakda uchuvchi bo'lib, Vataniga xizmat qilishni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: «Hayotda timsoh kabi bo'l, chunki bu hayotda faqat timsoh orqaga qaytmaydi».
«Siz bu hayotga shunchaki kelmagansiz, shunday ekan, maqsadingizga yetmasdan to'xtashga haqqingiz yo'q».
