Sobirova Mashhura Ilhom Jon Qizi

Sobirova Mashhura Ilhom Jon Qizi
Sobirova Mashhura Ilhom Jon Qizi
19 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sobirova Mashhura Ilhomjon qizi 07.03.2008-yilda tug‘ilgan. U O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetida, Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishining 1-kursida tahsil oladi.

U Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tug‘ilganini bildiradi. Bu sohaga qiziqishi ustozlari ko‘magi bilan uyg‘ongan. Maktab davrida ko‘plab yutuqlarga erishgan. U 2021-yilda ingliz tili bo‘yicha «Zakovat» o‘yinida qatnashgan va unda 4-o‘rin sohibasi bo‘lganini bildiradi. Yuqori sinflarda ko‘plab fan olimpiadalarida qatnashib, ona tili fanidan 3-o‘rinni hamda ingliz tili fanidan 1-o‘rinni egallagan. Hozirda ingliz tili fanidan B2 daraja, ona tili fanidan esa B daraja sohibasi.

Mashhuraning shiori — hayotda o‘z o‘rnini topmaguncha o‘qish, intilish va bilim olish. U yoshlarni kelajak poydevori deb biladi hamda kelajakni qurish uchun ilm olish va o‘rganish kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun oldinga intilish, katta mehnat qilish, boshqalarning e’tiboriga berilmay o‘z orzu va maqsadlari tomon yo‘l olish muhim.

Bo‘sh vaqtida kutubxonalarga borib, chet el va o‘zbek adabiyotlarini o‘qiydi. Ba’zida ish va o‘qishdan tashqari dam olish maqsadida sayohat qilishni ham afzal ko‘radi. U 14 yoshidan boshlab ingliz tilida erkin suhbatlashib, germaniyalik Elek va Ella ismli professional spikerlardan hayoti va o‘qishi uchun g‘oyalar hamda maslahatlar olganini bildiradi va ushbu maslahatларга hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda.

U kelajakda o‘quvchilik sohasini rivojlantirish va yuksaltirish, bu sohada ko‘plab marralar hamda yutuqlarga erishish, shuningdek, o‘z shaxsiy maktabini ochishni rejalashtirmoqda.

«Hozirgi asrda faqat o‘qing, o‘zingiz uchun. Bu bilim umrbod saqlanib qoladi va hayotingizda siz bilan doim bir qurol sifatida qoladi.»

Hoziroq ariza qoldirish