Sobirova Shirin
Sobirova Shirin Maxsud qizi 2008-yil 8-fevralda Urgut tumanida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashaydi.
Shirin Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida oliy ta’lim oladi va hozirda birinchi kurs talabasi. U fizika sohasida tahsil oladi. Fizika o‘qituvchilarining uni ushbu sohaga qiziqtirgani hamda o‘qigan badiiy asarlaridan chiqargan xulosalari uning hayotida muhim ta’sir ko‘rsatgan.
U fizika fanidan C+ darajaga ega. Shuningdek, Zakovat intellektual o‘yini viloyat bosqichi ishtirokchisi bo‘lgan hamda litseyda o‘tkazilgan «Balli qizlar» ko‘rik-tanlovida 2-o‘rin g‘olibasi bo‘lgan.
Bo‘sh vaqtida Shirin badiiy kitoblar o‘qiydi va turli taqinchoqlar yasaydi. Uning shaxsiy biznesi bor: u o‘zbekona tillaqosh bezaklar yasaydi.
Uning hayotiy prinsipi: «O‘zingizni hech kim bilan taqqoslamang. Kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishga intiling — haqiqiy g‘alaba shunda». ✨ Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider faqat buyruq bermaydi, balki jamoasiga o‘rnak bo‘ladi, qarorlarining oqibatini zimmasiga oladi va qiyin paytda ham boshqalarga dalda bera olishi kerak.
Shirin maqsadlari sari intiluvchan, yangi bilim va tajribalarni o‘rganishga qiziqadigan inson. U qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi, xatolaridan xulosa chiqarib, o‘zini yanada rivojlantirishga harakat qiladi. Uning fikricha, boshqalar undan har qanday qiyinchilikka qaramay, o‘z maqsadidan voz kechmaslikni va har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilishni o‘rganishlari mumkin.
Uning kelajakdagi rejalari — haqiqiy fizik olima bo‘lish va chet elda malaka oshirish. Kelajakda bilimi va mehnati orqali foydali inson bo‘lishni istaydi.
«Har tong o‘zingizga “Bugun ham uddalayman!” deb ayting va kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling.
O‘zingizga ishoning, chunki katta orzular kichik, ammo qat’iy qadamlar bilan amalga oshadi.»
