Sodiqov Sardorbek Faxriddinovich

Sodiqov Sardorbek Faxriddinovich
Sodiqov Sardorbek Faxriddinovich
14 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sodiqov Sardorbek Faxriddin o‘g‘li 2008-yil 14-dekabrda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Uning doimiy yashash manzili Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani bo‘lib, hozirda Toshkent shahrida tahsil olmoqda.

U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining Jahon iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi 1-kurs talabasi. Universitetga 189 ball bilan muddatidan oldin grant asosida talabalikka tavsiya etilgan. B2 darajasiga ega. Faoliyatini maktab davridan boshlagan.

Sardorbek fan olimpiadalarining tuman bosqichlarida bir necha bor ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Ingliz tilidan B2, matematikadan A, ona tilidan B va tarixdan C+ darajaga ega.

Bo‘sh vaqtida badiiy adabiyotlar o‘qiydi hamda yangi xorijiy tillarni o‘rganadi. U volontyor va kitobxon bo‘lib, zakovat tadbirlarida ham ishtirok etib turadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun insonlarni nutq so‘zlayotganda o‘ziga qarata olish, tinglashni bilish, adolatlilik hamda hamma bilan yaxshi chiqisha olish qobiliyati muhim.

Kelajakda IELTS va SAT olib, magistratura ta’limini xorijda davom ettirishni, o‘z sohasini mukammal egallashni hamda ota-onasi va vataniga munosib farzand bo‘lishni rejalashtiradi. Ota-onasining unga bo‘lgan ishonchi hamda uning o‘qishi va yuksalishi uchun jonini berayotgani uni doimo oldinga qadam tashlashga undaydi. U boshqalar undan taslim bo‘lmaslikni, qayta-qayta harakat qilishni va irodali bo‘lishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

“Har bir imkoniyatdan unumli foydalaning va o‘z ustingizda doimo ishlang.

Bilim, mehnat va qat’iyat bilan katta maqsadlarga erishish mumkin.”

Hoziroq ariza qoldirish