Sohibjonov Bunyodbek Yo'ldoshali O'g'li

Sohibjonov Bunyodbek Yo'ldoshali O'g'li
Sohibjonov Bunyodbek Yo'ldoshali O'g'li
25 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sohibjonov Bunyodbek Yo'ldoshali O'g'li 21.12.2005-yilda Namangan viloyati, Chust tumanida tug'ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U O'zbekiston Milliy universitetining Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti, Kartografiya va masofadan zondlash yo'nalishida tahsil oladi. Nomzod ma'lumotiga ko'ra, u 3-bosqich talabasi bo'lib, 2024–2025-o'quv yilida talabalikka qabul qilingan.

U 2024-yilda mini-futbol bo'yicha DXX kubogining tuman chempioni bo'lgan. Futbolga katta qiziqishi sababli 1-kursdayoq fakultet miqyosida chempionlikka erishgan. Shuningdek, maktab davrida geografiya fanidan o'tkazilgan olimpiadalarda tumanda kuchli 3 talikdan, viloyat bosqichida esa kuchli 4 talikdan joy olgan.

Bo'sh vaqtida til o'rganish va futbol bilan shug'ullanadi. Uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — orqaga chekinmaslik. Hayotiy prinsipi: «Har bir ulkan yutuq kichik qadamdan boshlanadi. Kichik qadamlarni boshlash qancha erta bo'lsa, muvaffaqiyat ham shuncha tezlashadi».

Kelajakda magistraturada tahsil olib, chet davlatda tajriba orttirish hamda o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishni maqsad qilgan. U o'zini komil inson deb hisoblamaydi va o'zini ham o'rganuvchi inson deb biladi.

«Bugungi qilingan har bir kichik harakat ertangi buyuk o‘zgarishlarning poydevori hisoblanadi. Kelajakni tasavvur qilish emas, uni o‘z qo‘llaring bilan yaratish muhimdir.»

Hoziroq ariza qoldirish