Soliyeva Dilnoza Abdumuxtor Qizi

Soliyeva Dilnoza Abdumuxtor Qizi
Soliyeva Dilnoza Abdumuxtor Qizi
18 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Soliyeva Dilnoza Abdumuxtor qizi 26.05.2009-yilda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yashaydi. U Farg‘ona tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi bo‘lib, milliy va chet tili sertifikatlari egasidir. Uning yo‘nalishi filologiya va tillarni o‘qitish bo‘lib, u filologiya sohasida “masterlik” yo‘nalishida bo‘lib, bo‘lajak IELTS instructor sifatida o‘zini rivojlantirmoqda.

Dilnoza maktab olimpiadalarida ishtirok etgan, milliy sertifikatlarga hamda B2 sertifikatiga ega. U bo‘sh vaqtida mustaqil ta’limni afzal ko‘radi va o‘z sohasida ko‘plab izlanishlar qilishga harakat qiladi. Uning hayotida ko‘zlangan maqsadga erisha olmagan birinchi katta omadsizlik eng katta saboq bo‘lgan: u mag‘lubiyat oxirgi nuqta emas, balki yangi tajriba orttirish va yanada kuchliroq bo‘lish imkoniyati ekanini anglagan.

Uning hayotiy shiori: “Sukunatda ishla, muvaffaqiyating shovqin solsin.” Dilnoza liderlik uchun qo‘lidan kelganicha bilgan narsalarini boshqalarga o‘rgatish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish va boshqalarga o‘rnak bo‘la olish muhim, deb hisoblaydi. Uning fikricha, boshqalar undan avval o‘ylab, keyin reja qilishni va maqsadlarga erishishni o‘rganishlari mumkin.

Kelajakda u IELTS 9 sohibasi bo‘lishni va 500+ o‘quvchiga saboq berishni maqsad qilgan. U xohlagan maqsadlariga doim asta-sekin, o‘z vaqtida erishadi hamda chin dildan niyat qilingan maqsadga harakat va intizom bilan erishish mumkin, deb hisoblaydi.

“Har qanday buyuk natijalar ortida tinimsiz harakat va katta intilish yotadi. Qiyinchilik sizni yanada kuchliroq va tajribaliroq insonga aylantiradi.”

Hoziroq ariza qoldirish