Soliyeva So'g'diyonaxon Shokirjonovna

Soliyeva So'g'diyonaxon Shokirjonovna
Soliyeva So'g'diyonaxon Shokirjonovna
24 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Soliyeva So‘g‘diyonaxon Shokirjonovna 2008-yil 4-sentyabrda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi.

U 2015–2024-yillarda Yakkabog‘ tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-sinfdan 9-sinfgacha tahsil olgan. 2024-yilda akademik litsey imtihonlarida qatnashib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishiga tarix va ingliz tili bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan. U 2024–2026-yillarda mazkur akademik litseyda tahsil olgan va uni qizil diplom bilan tamomlagan. 2026-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichiga grant asosida talabalikka tavsiya etilgan. U bakalavr bosqichida Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi.

So‘g‘diyonaxon maktab davridayoq ingliz tilini o‘rganishga qiziqib, IELTS imtihonini topshirgan, keyinchalik esa tarix fanini o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratgan. Litseyda boshqa fanlarni ham o‘zlashtirish bilan birga ingliz tili va tarix fanlaridan chuqur ta’lim olgan. U tarix, ingliz tili, matematika va ona tili fanlaridan sertifikatlar olib, muddatidan avval 189 ballni qo‘lga kiritgan. Litsey 2-kursida (11-sinf) ingliz tili fanidan CEFR, tarix fanidan A, ona tili va matematika fanlaridan C+ darajadagi milliy sertifikatlarni olgan. U o‘zbek tili bilan birga ingliz, rus va nemis tillarida ham muloqot qila oladi. Shuningdek, kelajakda arab, ispan va xitoy tillarini o‘rganishni maqsad qilgan.

U maktab davrida ko‘plab tadbir va musobaqalarda faol ishtirok etgan. 1-, 2-, 3- va 4-sinflarda baxribayt bo‘yicha 1-o‘rinni, 5-sinfda esa 2-o‘rinni egallagan. 5-sinfda uning «Vatan» she’ri «Yakkabog‘ ovozi» gazetasida nashr etilgan. Shu sinfda maktabda o‘tkazilgan to‘qish va tikish bo‘yicha tanlovda jamoasi bilan 2-o‘rinni olgan. 6-sinfda maktablar o‘rtasidagi uzunlikka sakrash va yugurish musobaqalarida 2- va 3-o‘rinlarni, 7-sinfda tumanda o‘tkazilgan insholar tanlovida 1-o‘rinni egallagan. 9-sinfda tumanda o‘tkazilgan ingliz tili musobaqasida jamoasi bilan 3-o‘rinni olgan hamda IELTS sertifikatini qo‘lga kiritgan. U klassik, milliy va boshqa davlatlarning milliy raqslari bo‘yicha tadbirlar hamda tuman tanlovlarida ham ishtirok etgan.

So‘g‘diyonaxon badiiy ijodga qiziqadi, boshlang‘ich sinfligidayoq ko‘plab she’rlar yozgan. Shuningdek, pianino chalish, stol tennisi o‘ynash, kitob o‘qish hamda turli mavzulardagi, jumladan, boshqa tillardagi podkastlarni tinglashga qiziqadi.

U o‘zining bugungi yutuqlarining sababchilari sifatida ota-onasini e’tirof etadi. Otasi ham, onasi ham o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Ota-onasi uni maktabga borishidan avval savodli qilgan, ta’lim olishga katta turtki bergan va barcha ishlarida yo‘nalish ko‘rsatib kelmoqda. U ota-onasini beminnat boyligi va suyanchig‘i deb biladi.

Uning hayotiy shiori: «Yiqilish — mag‘lubiyat emas. Qayta turmaslik — mag‘lubiyat.» Uning fikricha, liderda bo‘lishi kerak bo‘lgan eng muhim narsa — uning so‘zi, chunki «So‘z — quroldir». Kelajakda UNICEF, BMT kabi xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib borishni maqsad qilgan. U mas’uliyatli bo‘lish, boshlangan ishni oxirigacha olib borish, o‘zligini unutmagan holda yangiliklarni o‘rganish va yangi izlanishlar olib borishni muhim fazilatlar deb hisoblaydi.

Hoziroq ariza qoldirish