Ensiklopediya1 daqiqa
Temirova Dilafruz Tohir Qizi
Tarjima yo‘nalishi talabasi · Kitobxon · Ikki farzand onasi · Bo‘lajak pedagog · Bo‘lajak tarjimon
Dilafruz Temirova Tohir qizi 2002-yil 23-fevralda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida yashaydi. 2020-yilda Rossiya Federatsiyasining Tobolsk shahridagi 14-sonli maktabning 11-sinfini tamomlagan. U TSUULLning Tarjima nazariyasi va amaliyoti (rus tili) yo‘nalishi 1-kursida tahsil oladi.
Dilafruz bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyat va halollik muhim fazilatlardir. Boshqalar undan oqko‘ngillik va mehribonlikni o‘rganishlari mumkin. U ikki farzandning onasi.
U taniqli va eng ilmli pedagog hamda tarjimon bo‘lishni orzu qiladi. Uning hayotiy prinsipi: «Hukm qilma, seni ham hukm qilishmaydi».
Muallif
Temirova Dilafruz Tohir Qizi
Tarjima yo‘nalishi talabasi · Kitobxon · Ikki farzand onasi · Bo‘lajak pedagog · Bo‘lajak tarjimon
