Ensiklopediya1 daqiqa

Tilavova Fathiyakhan

Yosh tarjimon · Moda dizayneri · Kitob muallifi · MUN ishtirokchisi · Red Crescent volontyori

Tilavova Fathiyakhan

Tilavova Fathiyaxon Mehroj qizi 2011-yil 3-sentabrda tug‘ilgan. U Samarqand shahri, Tayloq tumanida yashaydi. U Tayloq tumanidagi 60-maktabda 7-sinfgacha tahsil olgan, 7-sinfdan boshlab esa Samarqand shahridagi Oxford International Schoolda tahsil oladi.

U tarjimonlik va moda dizayni bilan shug‘ullanadi, kitob yozadi hamda mutolaa qiladi. U faoliyatini 13 yoshidan o‘z qiziqishlari va iste’dodlaridan foydalangan holda boshlagan. Bo‘sh vaqtida rasm chizadi, dizaynlar yaratadi, kitob o‘qiydi va qo‘shimcha tillarni o‘rganadi.

U MUN konferensiyalarida 10 dan ortiq tajribaga ega bo‘lib, “Best Delegate”, “Best Position Paper” va “Honorable Mention” nomlarini qo‘lga kiritgan. U XPERTSTEM olimpiadasida Respublika bronza medali g‘olibasi bo‘lgan. Shuningdek, u “Jim qichqiriq” nomli kitob muallifi va Red Crescent Samarqandning rasmiy volontyoridir. TEDx Talks ham uning faoliyatida qayd etilgan.

Uning hayotidagi eng aziz inson — onasi Nargizaxon O‘roqova. U har narsadan charchagan paytlarida onasining shunchaki bir qarashi ham unga katta motivatsiya berishini aytadi va o‘z yutuqlariga onasi borligi sabab erishayotganini ta’kidlaydi. Uning hayotiy shiori: “Chegaralar faqat xaritada!”

U kelajakda AQShdagi Princeton universitetiga grant asosida kirishni, moda dizayneri bo‘lib moda olamiga katta hissa qo‘shishni, minglab kitoblarni o‘qib tugatishni, IELTS, SAT va APlardan yuqori ball olishni, 7 ta kitob nashr qilishni hamda Oxford Xalqaro maktabini oltin medal bilan tamomlashni rejalashtiradi. Uning fikricha, haqiqiy lider muvaffaqiyatni jamoaga topshiradi, xato va mag‘lubiyatni esa to‘liq o‘z zimmasiga oladi; u ish yakunida bahona qidirmaydi va natijaga javob beradi. Tilavova o‘zini juda ekstravert, xushchaqchaq va kreativ inson deb biladi, do‘stlari ham ko‘pligini aytadi.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Tilavova Fathiyakhan

Yosh tarjimon · Moda dizayneri · Kitob muallifi · MUN ishtirokchisi · Red Crescent volontyori

Hoziroq ariza qoldirish