Tirkashov Ma’ruf Asatulla o’g’li
Tirkashov Ma’ruf Asatulla o‘g‘li 25.10.2006-yilda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashaydi. Ma’ruf Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bakalavr bosqichida, Fundamental tibbiyot yo‘nalishining 2-kursida tahsil oladi.
U 2023-yildan boshlab tibbiyot yo‘nalishida o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. 2025-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Fundamental tibbiyot yo‘nalishiga grant asosida qabul qilingan. U biologiya fanidan sertifikat olgan.
Bo‘sh vaqtida ingliz tilini o‘rganadi. Uning fikricha, lider eng avvalo o‘z ustida ishlaydigan, izlanuvchan hamda atrofda bo‘layotgan muhim voqea va yangiliklardan xabardor inson bo‘lishi kerak. Uning hayotiy prinsipi: “Har bir qadamda intizom va natija”. Shuningdek, u: “Faqatgina kuchli inson oqimga qarshi suza oladi!” deb hisoblaydi.
Ma’ruf o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni rejalashtiradi. U chet elda bilimlarini oshirib, tibbiyotni chuqur o‘rganishni hamda Vatanida tibbiyotning yanada yuksalishiga ozgina bo‘lsa-da o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.
