Toʻrayeva Munisa Furqat qizi

Toʻrayeva Munisa Furqat qizi
Toʻrayeva Munisa Furqat qizi
8 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Toʻrayeva Munisa Furqat qizi 2005-yil 17-avgustda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug‘ilgan. Hozirda Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashaydi. U Namangan davlat texnika universitetining 3-kurs talabasi bo‘lib, biotexnologiya yo‘nalishida tahsil oladi.

Uning muvaffaqiyatlarga boy asosiy faoliyati 2023-yildan boshlangan. U faoliyatini bir qancha startaplar, tanlovlarda qatnashish va maqolalar yozishdan boshlagan. 2023-yilda “Zakovat” intellektual musobaqasining fakultet birinchiligida g‘olib bo‘lib, 1-o‘rinni egallagan. 2024-yilda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi hamda “Mustaqillikni-33” yilligi viloyat bayram tadbirida ishtirok etgan.

2024-yilda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Andijon viloyati Shahrixon tumani bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagan va Andijon viloyati bosqichida ishtirok etgan. 2025-yilda universitet miqyosidagi “INNO Weak” tanlovi va “Oliygoh Kubogi”da ishtirok etgan. Shu yili “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Shahrixon tumani bosqichida faxrli ishtirok etgan, Texnologiya fakulteti talabalari o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual musobaqasida 1-o‘rinni egallagan. Kimyo-texnologiya fakulteti tomonidan 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasida “Diamond” jamoasi tarkibida 3-o‘rinni egallagan.

2026-yilda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Shahrixon tumani bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagan va Andijon viloyati bosqichida ishtirok etgan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi targ‘ibot hamda tarbiyaviy-profilaktik oylik doirasidagi respublika o‘quv-seminarida faol ishtirok etib, uni muvaffaqiyatli tamomlagan. U 2026-yilda “Eng yaxshi targ‘ibotchi” hamda “Eng faol ijodkor” konkurslarida g‘olib bo‘lgan. Mutolaa saytida kitoblar o‘qib, bir qancha sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Uning 25 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xalqaro va respublika jurnallari hamda konferensiyalarida chop etilgan.

Uning o‘qishi va o‘z ustida ishlashiga ota-onasi hamda ustozlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning u uchun qilayotgan ishlari va yaratib berayotgan shart-sharoitlari uning yanada yaxshiroq o‘qishi hamda yuqoriroq marralarni zabt etishiga turtki bo‘ladi. Bo‘sh vaqtlarida til o‘rganadi, kitob mutolaa qiladi va chevarlikni o‘rganadi. Shuningdek, zamonaviy kasblarni ham o‘rganish niyatida.

Uning shiori: “Muvaffaqiyat — iste’doddan ko‘ra izchillikni ko‘proq sevadi.” Prinsipi esa: “Bugungi men kechagi mendan kuchliroq bo‘lishi kerak.” Uning asosiy maqsadi doimiy o‘sish va o‘z sohasini xalqaro darajaga olib chiqishdir. U ingliz, nemis, fransuz, arab, turk va boshqa tillarni o‘rganib, dunyoning yetakchi universitetlarida to‘liq grant asosida magistratura bosqichida tahsil olishni rejalashtirgan. Shuningdek, innovatsion startap loyihalarni ishlab chiqish, ularni xalqaro miqyosda patentlash, mualliflik kitobini yozish hamda 1000 ta saralangan kitobdan iborat shaxsiy kutubxona barpo etishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish