Toirov Sanjarbek Jahongirbek O'g'li

Toirov Sanjarbek Jahongirbek O'g'li
Toirov Sanjarbek Jahongirbek O'g'li
26 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Toirov Sanjarbek Jahongirbek o‘g‘li 03.04.2008-yilda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yashaydi. U Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakultetining 1-bosqich talabasi hamda xususiy o‘quv markazida ingliz tilidan dars beradi.

Sanjarbek filologiya yo‘nalishi talabasi, Farg‘ona viloyati ta’lim yo‘nalishi sardori, “Yil sardori — 2023” tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi va “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi g‘olibidir. U WikiSfera II ishtirokchisi, volontyor va ijtimoiy faol yosh sifatida ham qayd etilgan. Maktab davridayoq maqola yozish hamda media yo‘nalishiga qiziqib, maktab jurnalida muharrir sifatida faoliyat yuritgan.

U bo‘sh vaqtida yangi tillarni o‘rganish, maqola yozish, kitob o‘qish va podkast tinglashni yoqtiradi. Qiziqqan mavzulari bo‘yicha internetdan ma’lumot izlaydi, kelajakdagi rejalari haqida o‘ylab, o‘z ustida ishlashga vaqt ajratadi. Uning hayotiy prinsipi: “Bu dunyoni o‘ylasang, tijorat qil. U dunyoni o‘ylasang, toat-ibodat qil. Har ikki dunyoni o‘ylasang, o‘qi va izlan.” U bu prinsipni ilm olish, izlanish va o‘z ustida ishlashning muhimligi sifatida talqin qiladi.

Sanjarbekning kelajakdagi eng katta maqsadlaridan biri aviatsiya sohasida, xususan, bort kuzatuvchisi sifatida faoliyat yuritishdir. U bu sohada tajriba orttirish, o‘zini rivojlantirish, turli mamlakatlarni ko‘rish va turli insonlar bilan muloqot qilishni xohlaydi. Keyinchalik aviatsiyaga qiziqadigan yoshlarga yordam berish, ularga foydali maslahatlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berish, o‘z yo‘lini topishida ko‘maklashish hamda o‘z tajribasi bilan bo‘lishishni istaydi.

U liderlikda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish, birinchi bo‘lib harakat qilish, qiyin vaziyatlarda qaror qabul qilish, odamlarni tinglash va ularning fikrini hurmat qilishni muhim deb hisoblaydi. Uning fikricha, liderlik boshqalardan ustun bo‘lish emas, balki jamoa bilan birga rivojlanish va boshqalarga ham imkoniyat yaratishdir.

Hoziroq ariza qoldirish