Tojiddinova Dilafro'z Faxriddin Qizi
Tojiddinova Dilafro‘z Faxriddin qizi 1995-yil 29-aprelda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent viloyati Parkent tumanida istiqomat qiladi.
U bakalavr darajasiga ega bo‘lib, Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetini tamomlagan. Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabida informatika fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, TATUda 1-bosqich magistranti. Faoliyatini 2018-yildan boshlagan.
U oliy toifaga ega hamda 70 foizlik ustama sovrindori hisoblanadi. Microsoft sertifikati, Astrum sertifikati, CEFR B1 sertifikati va Qadam Education sun’iy intellekt kursi sertifikati sohibasi.
Bo‘sh vaqtida til va mobilografiyani o‘rganadi. Liderlik uchun mas’uliyatlilik va kirishimlilikni muhim deb biladi. Kelajakda PhDda o‘qishni rejalashtirgan. U boshqalarga qat’iyat bilan ishlashni, yangiliklarga intilishni va har sohada bilimga ega bo‘lishga harakat qilishni o‘rgata oladi.
U maktabdagi Telegram kanalining administratori bo‘lib, har kuni turli kontentlar yaratadi. Uning hayotiy shiori: “Agar hayot sizga limonni ravo ko‘rsa, siz undan limonad yasang!”
“Hayotda hech qachon rivojlanishdan to‘xtamaslik kerak, hech qachon kech emas!”
