Tojiddinova Gulrux Akramovna
Tojiddinova Gulrux Akramovna 2008-yil 5-martda tug‘ilgan va Toshkent shahrida yashaydi. U O‘zbekiston Jahon tillari universitetida «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili» yo‘nalishida tahsil oladi. U 2 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Gulrux ixtisoslashtirilgan san’at maktabini tamomlagan. U B2 sertifikatiga hamda ona tili fanidan sertifikatga ega. Tasviriy san’at festivallarida faxrli o‘rinlarni egallagan, shuningdek, «Yosh kitobxon» tanlovida g‘olib bo‘lgan. Uning hayotiga ustozlari katta ta’sir ko‘rsatgan.
Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qiydi va rasm chizadi, mobilografiyaga qiziqadi hamda yosh kitobxon hisoblanadi. Uning hayotiy shiori: «Chegaralarni emas, imkoniyatlarni ko‘r». U lider bo‘lish uchun yetakchilik va har kimning fikrini eshita olish muhim, deb hisoblaydi.
Kelajakda tarjimon va o‘qituvchi-pedagog bo‘lishni maqsad qilgan Gulrux boshqalarga foydali metodlar hamda yoshlar bilan ishlash ko‘nikmasini o‘rgata oladi, deb hisoblaydi.
