Tojiyev Diyor Shavkatovich
Tojiyev Diyor Shavkatovich 2008-yil 24-iyulda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahridagi Yangi Choshtepa mahallasida yashaydi. Hozirda universitetning bakalavr bosqichida, tibbiyot yo‘nalishining xirurgiya fakultetida tahsil oladi.
U 5 ta fan bo‘yicha milliy sertifikatlarga ega. Shuningdek, 17–18 yoshlar o‘rtasida suzish bo‘yicha 3-faxrli o‘rinni egallagan. Bo‘sh vaqtida o‘qishiga oid videoroliklarni hamda buyuk insonlar qanday qilib bu darajaga erishgani haqidagi videolarni tomosha qiladi.
U o‘zini intiluvchan va qat’iyatli inson deb biladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — sabr va harakat. Hayotiy prinsipi: «Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, shunchaki sabr, harakat va ibodat».
Uning kelajakdagi maqsadi — uni butun dunyo biladigan darajadagi doktor bo‘lish va ummatga foydasi tegadigan inson bo‘lish.
