Tojiyev Muhammadjon Zafarovich
Tojiyev Muhammadjon Zafarovich 2009-yil 29-martda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan va maktabni oltin medal bilan bitirgan.
U xalqaro iqtisodiyot va menejment yo‘nalishida tahsil oladi. Sentabrdan diplomatiya universitetiga tahsil olish uchun kelgan, biroq hali o‘z sohasi bo‘yicha ishlamagan.
Muhammadjon “Yosh kitobxon” tanlovida shahar bo‘yicha 2-o‘rinni, ona tili fanidan asosiy fan olimpiadasida shahar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan. U matematika va tarix fanlaridan A darajali milliy sertifikatga, ona tilidan B+ darajaga hamda ingliz tilidan B2 darajali CEFR sertifikatiga ega. Shuningdek, u 2023-yilgi respublika insholar tanlovida 1-o‘rinni, 2021-yil “Yil sardori” ko‘rik-tanlovida shahar bo‘yicha 2-o‘rinni olgan.
U 2024–2025-o‘quv yillari davomida karate sport turidan shahar, viloyat va ko‘rik-tanlovlarda 1-, 2-, 3-o‘rinlarni olgan. Ushu sanda sport turi bo‘yicha shahar miqyosida 2-o‘rinni egallagan, kikboks bo‘yicha K-1 musobaqasida 1-o‘rinni olgan hamda dzyudo bo‘yicha shahar va viloyat miqyosida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan.
U bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi va badiiy asarlar o‘qiydi. Shu paytgacha 1000 dan ortiq kitob o‘qigan. Blender 3D va AutoCAD kabi grafik dizaynga asoslangan dasturlarda ishlay oladi. Instagram va Telegram’da konstasphere nomi ostida editlar chiqaradi.
Ramazan Temirov uning hayotiga ta’sir ko‘rsatgan shaxs sifatida qayd etilgan. Muhammadjonning hayotiy prinsipi: “Ulg‘aydim, tinchlandim, tushundim — hammasi o‘tkinchi”. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun muomala madaniyatiga ega bo‘lish va odamlar bilan kirishimli bo‘la olish muhim. Boshqalar undan muammolarga tez yechim topishni o‘rganishlari mumkin.
U kelajakda chet eldagi nufuzli oliygohlarda ta’lim olishni, MMA sporti bo‘yicha ligalarda qatnashishni hamda Amerika, Buyuk Britaniya, Kanada kabi davlatlarda O‘zbekiston elchisi sifatida xizmat ko‘rsatishni rejalashtiradi.
“Yosh o‘tgan sari orzular ham o‘zgaradi, vaqt esa insonni asl maqsadiga yaqinlashtiradi.”
