Tolibov Asilbek Ma'rufjonovich

Tolibov Asilbek Ma'rufjonovich
Tolibov Asilbek Ma'rufjonovich
23 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Tolibov Asilbek Ma'rufjonovich 2007-yil 13-avgustda tug‘ilgan. U Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashaydi.

U 84-maktabni tamomlagan va 1-son kasb-hunar litseyida avtomobilsozlik yo‘nalishida o‘qigan. Hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida jurnalistika sohasida tahsil olmoqda hamda 2-kurs talabasi hisoblanadi.

Asilbek sud jurnalistikasi bo‘yicha Yunusobod tumani hokimligi va universitet tomonidan taqdirlangan. Uning hayotiy shiori: “Harakat bor joyda natija bor.” Bo‘sh vaqtida o‘zi uchun kerakli ishlar bilan shug‘ullanadi.

Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va boshqalarga namuna bo‘la bilish. Boshqalar undan mas’uliyatli bo‘lishni, doim o‘rganishga intilishni va qiyinchiliklarda taslim bo‘lmaslikni o‘rganishlari mumkin. U yangi bilim va tajribaga ochiq, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga hamda har bir ishda o‘zini rivojlantirishga intiladi.

Uning o‘ziga yarasha reja va maqsadlari bor.

“Har bir imkoniyatni yangi tajriba va rivojlanish sari qadam deb bilaman.

Bilim, mehnat va izlanish orqali kelajakda jamiyatga foydali inson bo‘lishni maqsad qilganman.”

Hoziroq ariza qoldirish