Tolibova Asalbonu G'ayratovna
Tolibova Asalbonu Gʻayratovna 2008-yil 8-fevral kuni Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Arabxona qishlog‘ida tug‘ilgan. U Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Arabxona MFYda yashaydi. Asalbonu Buxoro davlat universitetining filologiya sohasi 2-kurs talabasi bo‘lib, IELTS B2 darajasiga ega.
U she’r va hikoyalar yozadi, kitob o‘qiydi. Faoliyatini 5-sinfda ilk kitobi — “Orzularim qanotida”ni nashr ettirishdan boshlagan. Keyinchalik “Bolalik kunlarim” va “Yulduzlari kunlar” nomli kitoblari nashrdan chiqqan. Uning she’rlari “Beg‘ubor yoshlik bitiklari” antologiyasida, ilmiy maqolalari esa nashrlarda chop etilgan.
Asalbonu “Jadid merosining izdoshlari” ko‘krak nishoni sohibasi. U jurnalistika o‘quv kursini tamomlab, sertifikat olgan. Shuningdek, Zakovat intellektual klubi va Mushoira klubida qatnashib boradi.
Unga haqiqiy motivatsiyani bobosi beradi, bobosining yutuqlariga havas qilib faoliyatini boshlagan. Uning hayotiy shiori: “Bugungi kichik harakat — ertangi katta o‘zgarishga yo‘ldir.” U liderlik uchun intizom, ishonch va harakatni eng muhim fazilatlar deb biladi.
Kelajakda Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritish, mamlakatga foydasi tegadigan kadr bo‘lish va ilm bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan. Uning fikricha: «Men hech kim bilan poygada emasman. Mening vazifam — kechagi o‘zimdan yaxshiroq bo‘lish.»
