Tongotarov Mirjalol Shermurod O'g'li
Tongotarov Mirjalol Shermurod o‘g‘li 17.05.2005-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekuz MFYda tug‘ilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashaydi. U Osiyo Texnologiyalari universiteti magistraturasining 1-bosqichida tahsil oladi.
U 2022-yilda Qarshi davlat universitetining Tarix fakultetiga, Tarix mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilingan. Hozirgi kunda Koson tumani O‘rta Obron MFYda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Yoshlar ishlari agentligi bo‘limining yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritadi.
Mirjalol Tongotarov viloyat hokimi stipendiyasi va «Yil talabasi» yutug‘iga ega. Uning 40 ga yaqin maqolasi, she’riy to‘plami hamda muallifligidagi kitoblari mavjud. Shuningdek, 200 ga yaqin sertifikat va diplom, Tarix fanidan A+ milliy sertifikat hamda Turkiyadagi Beyko‘z universiteti magistraturasi uchun 3000 dollarlik grantga ega bo‘lgan.
Uning hayotiga har bir muvaffiyati ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, yaqinda Turkiyaga yutgan granti hamda ish faoliyatini boshlagani uning uchun muhim voqealar hisoblanadi. Uni shoir Abdulla Oripov ilhomlantiradi. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, futbol o‘ynaydi va sport bilan shug‘ullanadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — o‘z ustida ishlaganini ommaga ko‘rsata olishdir. U kasbining fidoyisi bo‘lishni hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga ega bo‘lishni orzu qiladi. Doimiy tarzda talabalar bilan ishlaydi va yoshlarga o‘z yutuqlari bilan namuna bo‘la oladi, deb hisoblaydi. U o‘zini eng yosh tarixchilardan biri, faol yosh va XDP fidokori sifatida ta’riflaydi.
