To'rabekova Charos Nurilla Qizi

To'rabekova Charos Nurilla Qizi
To'rabekova Charos Nurilla Qizi
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Charos To‘rabekova Nurilla qizi 17.01.2008-yilda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. Uning ta’lim darajasi — bakalavr. U 4-umumta’lim maktabi, IIDUMI hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida tahsil olgan. O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bilan bog‘liq holda bu sohaga bu yil kirgan va endi faoliyat yuritmoqda.

U kitobxonlar tanlovida o‘rinlar olgan, Zakovat bo‘yicha jamoasi esa yuqori o‘rinlarga chiqqan. Dizaynerlik bo‘yicha qobiliyatga ega bo‘lsa-da, uni hali ommaga namoyish qilmagan. Bo‘sh vaqtida ko‘p kitob mutolaa qiladi, turli eskizlar chizadi va mobilografiya bo‘yicha videolar tayyorlaydi. Dizaynerlik bo‘yicha eskizlar chizib, ularni amalda tikib-bichishni biladi hamda bu ko‘nikmalarni hammaga o‘rgatishni xohlaydi. Shuningdek, u she’rni chiroyli o‘qiy oladi va boshlovchilikka iste’dodi borligini aytadi.

U o‘zini stol tennisi, voleybol, basketbol va futbolda kuchli deb hisoblaydi. Uning hayotiy prinsipi — qachon yiqilsa ham, faqat oldinga harakat qilish. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun avvalo o‘ziga ishonish kerak, shunda boshqalar ham unga ishonadi.

Kelajakda u hozir o‘qiyotgan sohasi hamda qiziqqan yo‘nalishi bo‘yicha brend yaratishni xohlaydi. U ota-onasiga Haj safariga bilet olib berishga qurbi yetadigan, dadasiga o‘z puliga mashina olib beradigan, onasiga yoqtirgan barcha narsasini olib berishga qurbi yetadigan farzand bo‘lishni orzu qiladi. Shuningdek, o‘ziga ishonchi kuchli, ota-onasi orzu qilgan, shaxsiy mashinasi va shaxsiy uyi bor baxtli qiz bo‘lishni istaydi.

Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: "Nyutondek izlaning. Geytsdek o‘zingizga ishoning."

Hoziroq ariza qoldirish