To'rayev Quvonchbek Faxriddin O'g'li
To'rayev Quvonchbek Faxriddin o'g'li 2008-yil 10-mayda Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida tug'ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.
U 1–6-sinflarda Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi 36-umumta'lim maktabida, 7–8-sinflarda G'ijduvon tumanidagi 63-IDUMIda, 9–10-sinflarda G'ijduvon tumanidagi Salimov Academyda, 10–11-sinflarda esa G'ijduvon tumanidagi 36-umumta'lim maktabida tahsil olgan. Hozirda O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetining Xalqaro munosabatlar yo'nalishida tahsil oladi. U o'qishni asosan 5 yoshidan boshlagan va o'z tengdoshlari orasida doim ajralib turganini bildiradi.
Quvonchbek «Zakovat» o'yinlari sovrindori, karate sport turi bo'yicha O'zbekiston chempioni, media futbol o'yinchisi hamda yengil kurash bo'yicha chempion. Uning hayotiga katta ta'sir ko'rsatgan insonlar — ota-onasi. U ota-onasining mehnatsevarligi, sabr-toqati va har qanday vaziyatda mas'uliyat bilan qaror qabul qilishidan o'rnak olgan. Ayniqsa, qiyinchiliklarga qaramay, o'z maqsadidan voz kechmaslik kerakligini ulardan o'rgangan.
Universitetga kirishi uning hayotidagi muhim voqealardan biri bo'lgan. Xalqaro munosabatlar yo'nalishini tanlaganidan keyin uning dunyo siyosati, diplomatiya va turli davlatlar o'rtasidagi munosabatlarga qiziqishi yanada ortgan. Uni ilhomlantiradigan shoirlardan biri — Alisher Navoiy. U Alisher Navoiy ijodidagi ilm olish, insoniylik, sabr va ezgulikka intilish qadriyatlarini yuksak baholaydi. Uning asosiy prinsipi — har qanday vaziyatda o'z ustida ishlash va maqsadidan voz kechmaslik. U muvaffaqiyat bilim bilan birga intizom, sabr va doimiy harakatga ham bog'liq, deb hisoblaydi.
Bo'sh vaqtida ingliz tilini o'rganadi, bilimlarini rivojlantiradi va ayniqsa speaking ko'nikmasini yaxshilashga harakat qiladi. Shuningdek, kitob o'qish, musiqa tinglash va do'stlari bilan vaqt o'tkazishni yoqtiradi. U kelajakda xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida yetuk mutaxassis bo'lishni maqsad qilgan. Buning uchun ingliz tilini chuqur o'rganish, IELTS olish, qo'shimcha xorijiy tillarni o'zlashtirish va xalqaro siyosat bo'yicha bilimlarini kengaytirishni rejalashtirgan. Shuningdek, xorijda o'qish yoki malaka oshirish imkoniyatlaridan foydalanib, xalqaro tajriba orttirishni istaydi. Uning eng katta orzularidan biri — o'z bilim va imkoniyatlari orqali mamlakatiga foyda keltiradigan, mas'uliyatli va professional diplomat bo'lish.
U liderlikning eng muhim fazilati mas'uliyatni o'z zimmasiga olish, deb hisoblaydi. Uning fikricha, lider odamlarni tinglay olishi, to'g'ri qaror qabul qilishi, jamoani umumiy maqsad sari birlashtirishi va jamoaning umumiy manfaatini ham hisobga olishi kerak. U boshqalardan ham o'rganishga tayyor bo'lib, inson qanchalik ko'p bilim olsa ham, o'rganishdan to'xtamasligi kerakligini ta'kidlaydi.
«Yoshlarga maslahatim: o'ziga ishonsin, maqsadini aniq belgilasin va qiyinchiliklardan qo'rqmasdan harakat qilsin. Har bir muvaffaqiyat ortida sabr va mehnat bor.»
