Toshkanova Gulira'no Obidjon Qizi

Toshkanova Gulira'no Obidjon Qizi
Toshkanova Gulira'no Obidjon Qizi
26 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Toshkanova Gulira'no Obidjon qizi 27.04.2009 kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Sho‘rji qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetining xorijiy til va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi bo‘lib, Qashqadaryo viloyatidagi 77-maktabni tamomlagan.

U faoliyatini maktab davridan boshlagan. Dastlab fanlarga qiziqishi orqali o‘zini rivojlantirishga harakat qilgan, keyinchalik esa bilimlarini oshirish, turli tanlov va imtihonlarda qatnashish hamda o‘z ustida muntazam ishlashga e’tibor bergan. Maktabda o‘qib yurgan vaqtida bolalarga ingliz tilidan dars bergan. DTM imtihonidan 187.9 ball to‘plab, grant asosida o‘qishga qabul qilingan.

U shu vaqtgacha 3 ta milliy sertifikat olgan: ingliz tilidan B2, ona tilidan A va tarixdan A. Kimyo fanidan Shahrisabz tuman olimpiadasida bosh o‘rinlarni olgan hamda viloyat bosqichida ishtirok etgan. Shuningdek, matematika va ona tili olimpiadalarida muntazam ishtirok etib boradi. Onlayn tKitobxon millat tanlovida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

Uning hayotiga onasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Onasining aytishicha: “O‘g‘il bolani o‘qitsangiz — bir kishini, qiz bolani o‘qitsangiz, butun jamiyatni o‘qitgan bo‘lasiz.” Shu sababli u doim o‘qib-o‘rganishga va o‘z ustida ishlashga harakat qiladi. Uning hayotiy shiori: “Hammasi kerakli paytda va kerakli joyda sodir bo‘ladi. Xotirjam bo‘l.”

Bo‘sh vaqtida rasm chizishni yaxshi ko‘radi va asosiy vaqtining katta qismini kitob o‘qishga sarflaydi. Shu vaqtgacha 50 dan ortiq kitob o‘qigan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun tashabbuskorlik, adolat va mas’uliyatli bo‘lish muhim.

Kelajakda universitetni lider yoshlar qatorida bo‘lib tamomlashni, Buyuk Britaniyadagi Durham universitetida magistraturada o‘qishni hamda O‘zbekistonga kelib bilimli yoshlarni yuksaltirishni rejalashtiradi.

“Yo‘lingizda uchragan har bir qiyinchilikni o‘sish va tajriba imkoniyati deb biling.”

Hoziroq ariza qoldirish