Toshmamatova Shoxsanam Akmal Qizi

Toshmamatova Shoxsanam Akmal Qizi
Toshmamatova Shoxsanam Akmal Qizi
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Toshmamatova Shoxsanam Akmal qizi 04.07.2008-yilda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U universitetning 1-kurs talabasi bo‘lib, O‘zMPUda tahsil oladi.

U faoliyatini maktab davridan boshlagan. Ingliz tilidan B2, ona tilidan B+ va tarixdan C darajalariga ega. Maktabdagi tadbirlarda faol qatnashgan. Shoxsanam ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi orqali ko‘p natijalarga erishganini ta’kidlaydi.

Uning hayotiy prinsipi — har doim oldinga intilish va hayotda hamma narsaga yaxshi tomondan qarash. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi, kitob o‘qiydi va har xil kinolarni ko‘radi. Uning fikricha, lider jamoani boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi hamda jamoani har doim qiziqtira olishi kerak.

Shoxsanam ikkinchi kursida Germaniyaga o‘qishga borishni, u yerda tahsil olib, malakali pedagog bo‘lib qaytishni rejalashtiradi. U boshqalar undan hamma narsaga yaxshi tomondan qarashni, odamlarni o‘ziga qiziqtira olishni va yaxshi o‘qishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

U arab tilida o‘qiy oladi, rus tilida ozroq gaplasha oladi, ingliz va o‘zbek tillarini biladi. Hozirda nemis tilini ham o‘rganmoqda.

“Men uchun har bir kun yangi imkoniyat bilan boshlanadi.

Orzularimiz sari ishonch bilan harakat qilishimiz kerak.”

Hoziroq ariza qoldirish