Toshmuradova Alisher qizi
Toshmuradova Noila Alisher qizi 2008-yil 24-iyulda tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashaydi. Shahrisabz davlat pedagogika institutining 1-kurs talabasi bo‘lgan Noila ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi va o‘zini bo‘lajak huquqshunos sifatida ko‘radi. U faoliyatini endigina boshlagan.
Noila bir nechta milliy sertifikat sohibasi. Uning hayotida dadasining har bir so‘zi motivatsiya manbai hisoblanadi. U doim harakatdan to‘xtamaslikni liderlik uchun eng muhim fazilat deb biladi.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va bu mashg‘ulotni umuman kanda qilmaydi. U boshqalar undan sukutni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. Kelajakda ota-onasiga munosib farzand bo‘lishni hamda xalqning ishonchini oqlashni maqsad qilgan.
Uning hayotiy prinsipi: «Men boshqalarning kutgan hayotini emas, o‘zim orzu qilgan hayotni tanlayman. Chunki umr qayta yozilmaydigan yagona hikoya, uning muallifi esa o‘zimman.»
