Toshmurodova Shaxina Xurshid Qizi

Toshmurodova Shaxina Xurshid Qizi
Toshmurodova Shaxina Xurshid Qizi
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Toshmurodova Shaxina Xurshid qizi 21.05.2008-yilda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U tugallanmagan oliy ta’lim bosqichida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetida tahsil oladi.

Shaxina hozircha hech qanday faoliyat bilan shug‘ullanmaydi, chunki o‘qish va shaxsiy rivojlanish bilan band. Oliy ta’limga kirganidan so‘ng uning uchun yangi hayot boshlanganini va yangi tanishlar orttirganini ta’kidlaydi.

U tarix fanidan viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan, tarix fanidan milliy sertifikatning A+ darajasiga hamda CEFR B2 darajasiga ega. Akademik litseyni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Volontyorlik bo‘yicha faoliyati qayd etilgan. Shuningdek, BMTning “Net Zero 101: What, Why and How” nomli elektron ta’lim kursini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan.

Bo‘sh vaqtida badiiy va ilmiy kitoblar o‘qiydi, turli sohalarga oid podkastlarni tinglaydi, didaktik filmlarni tomosha qiladi, volontyorlik loyihalari va onlayn kurslarda qatnashadi. Uning hayotiy shiori: “O‘zing bilan faxrlanmaguningcha to‘xtama”.

Uning fikricha, lider kirishuvchan, intellektual qobiliyatli, kreativ, tanqidiy fikrlovchi va jamoani oldinga yetaklay oladigan bo‘lishi kerak. Boshqalar undan kuchli shaxsiyatga ega bo‘lishni, omma oldida muloqot qilishni va tanqidiy fikrlashni o‘rganishlari mumkin. U odamlar bilan tez muloqotga kirishadi, har qanday muammoga jiddiy yondashadi va tolerantdir.

Kelajakda ilmiy ish olib borish, nomdor stipendiyaga ega bo‘lish, chet el universiteti uchun grant yutish, imtiyozli bakalavr diplomini olish hamda magistraturada chet elda grant asosida o‘qishni rejalashtiradi.

Hoziroq ariza qoldirish