Toshpo'latova Mohinabonu Shavkatjon Qizi
Toshpo'latova Mohinabonu Shavkatjon qizi 2007-yil 22-oktabrda Farg'ona viloyati Beshariq tumanida tug'ilgan. U Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashaydi. Farg'ona viloyati Beshariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi bo'lgan Mohinabonu hozirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining 2-bosqich talabasi. U 2 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Mohinabonu ona tili fanidan milliy sertifikatning A darajasiga, CEFR B2 sertifikatiga ega hamda fan olimpiadalari ishtirokchisi. Uning hayotiga ustozlari ta'sir ko'rsatgan. Hayotiy shiori: «Ilm — kelajak poydevori».
U bo'sh vaqtida badiiy kitoblar o'qiydi va tarjimonlik bilan shug'ullanadi, shuningdek, xorijiy tillarni o'rganishga qiziqadi. Uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — mas'uliyat. Kelajakda professional sinxron tarjimon bo'lishni hamda butun dunyo bo'ylab sayohat qilishni rejalashtiradi. Mohinabonuning fikricha, boshqalar undan mas'uliyatli bo'lishni va maqsadlari sari olg'a borishni o'rganishlari mumkin.
«O‘z orzularingizga ishoning va maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlang. Har bir muvaffaqiyatsizlikdan saboq olib, hech qachon o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang.»
