Toshpulatova Rashida Baxtiyorovna
Toshpulatova Rashida Baxtiyorovna 2005-yil 23-mayda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand viloyati Payariq tumanida yashaydi. U 2023-yilda Samarqand davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetiga qabul qilingan bo‘lib, hozirda 4-kurs talabasi sifatida psixologiya yo‘nalishida tahsil olmoqda.
U 2023-yilda universitetga o‘qishga kirgan. 2024–2025-yillarda xalqaro olimpiadada volontyor bo‘lib faoliyat yuritgan. 2025–2026-yil yoz oylarida Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tarbiyachi bo‘lib ishlagan va oromgohda eng yaxshi tarbiyachi sifatida taqdirlangan.
Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qiydi, turli psixologik metodikalar hamda trening mashg‘ulotlarini o‘rganadi, qo‘shimcha ravishda til o‘rganadi. Uning fikricha, lider jamoani bir g‘oya ostida birlashtira olishi va o‘z ortidan ergashtira olishi kerak. U boshqalarga qat’iyatlilik va sabrlilik namunasini bera olishiga ishonadi.
Kelajakda o‘z kasbi bo‘yicha hamda ichki ishlar sohasida faoliyat olib borishni rejalashtiradi. Uning hayotiy shiori: “Hayotingizni maqsadlarga bog‘lang, insonlarga emas.”
