Toshtemirova Sabina Jalol qizi
Toshtemirova Sabina Jalol qizi 2007-yil 27-fevralda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi. U Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 24-maktabni tugatgan va Samarqand davlat chet tillar institutida 2025-yildan buyon tahsil olib kelmoqda. Hozirda bakalavriatning 2-bosqichida, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishida o‘qiydi.
Sabina B2 sertifikati sohibasi bo‘lib, onlayn o‘tkaziladigan viki-marafonlarda qatnashib keladi. Shuningdek, turli kitoblar bo‘yicha tashkil etiladigan onlayn viktorinalarda qatnashib, doim sertifikatlarga sazovor bo‘ladi.
U jurnalistika, psixologiya va tarix sohalariga qiziqadi. Tadbirlar bo‘lganda o‘zini boshlovchilik sohasida sinab ko‘radi, maktabdagi tadbirlarda ham doim boshlovchi bo‘lgan. U psixologiya sohasida IRODA haqida maqola muallifi, shuningdek, Amir Temur bobomiz haqida ham maqola yozgan.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, yangi til o‘rganish, raqs tushish va sayr qilish bilan shug‘ullanadi. Uning hayotiga ota-onasi ta’sir ko‘rsatgan. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat deb o‘ziga bo‘lgan ishonchni hisoblaydi va boshqalar undan ingliz tili hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni o‘rganishlari mumkin, deb fikr bildiradi.
U kelajakda o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni va ota-onasi faxrlanadigan farzand bo‘lishni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: «Hozir havas qilayotgan insonlardagi muvaffaqiyatlarni bir kun kelib o‘z hayotingda ko‘rasan».
