Toshturdiyeva Tursunoy Tuxmurod qizi
Toshturdiyeva Tursunoy Tuxmurod qizi 19.06.2006-yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. U hozirda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashaydi. Tursunoy Samarqand davlat chet tillari institutining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi talabasi bo‘lib, 2025-yilda o‘qishga kirgan.
U ingliz tilidan B2 va ona tilidan B+ darajaga ega. Shuningdek, institutda amalga oshirilgan tanlovlarda qatnashib, sertifikatlar olgan. Uning hayotiga onasi, onasining unga bo‘lgan ishonchi, bergan dalda va qo‘llab-quvvatlashi katta ta’sir ko‘rsatgan.
Tursunoy bo‘sh vaqtida kitob o‘qishni, kutubxonaga borishni va kino ko‘rishni yaxshi ko‘radi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat, birinchi navbatda, o‘ziga bo‘lgan ishonchdir. U kelajakda ko‘plab boshqa davlatlarga borishni, pul yig‘ib o‘zi uchun mashina sotib olishni hamda onasini Malayziyaga sayohatga olib borishni rejalashtiradi.
U boshqalarga sabr qilishni, har qanday o‘xshamagan narsaga “bo‘lmaydi” demasdan, aksincha, bundan ham zo‘r qilishga harakat qilish kerakligini ulashadi. Ko‘rinishidan qo‘lidan hech narsa kelmaydigan qiz bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, u o‘zini hech qachon yengilmaydigan va o‘ziga ishongan qiz deb biladi.
Uning hayotiy shiori: “Hayotda qiyin paytlar kelganda, kitobni yopishga shoshilmang. Shunchaki sahifani oching va yangi bobni boshlang.”
