Ensiklopediya1 daqiqa
Toxirov Odil Vohid O'g'li
Huquqshunoslik o‘quvchisi · Bo‘lajak advokat · Shaxmatsevar · Tabiat va hayvonlar ishqibozi · Maqola muallifi
Toxirov Odil Vohid O‘g‘li 2009-yil 16-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashaydi. U 11-umumiy ta’lim maktabining 9-sinfini bitirgan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M. S. Vosiqova nomidagi akademik litseyning 2-bosqich, 12-guruh o‘quvchisi bo‘lib, huquqshunoslik sohasida tahsil oladi.
Odilning otasi huquqshunos bo‘lgani sababli u ham huquqqa juda qattiq qiziqqan. U maktab davridan beri huquqqa qiziqadi va uni o‘rganadi. Hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan inson ham otasidir.
U bir nechta maqola yozgan. Shuningdek, Huquq maktabi ilovasida ko‘pgina yutuqlarga ega bo‘lgan hamda tadbirlarda qatnashib sertifikatlar olgan. Bo‘sh vaqtida shaxmat o‘ynashni yaxshi ko‘radi, tabiat va hayvonlarga juda qiziqadi. U qassobchilikni ham biladi; uni ko‘rgan insonlar bunday deb o‘ylamaydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — qat’iyatlilik. Shuningdek, boshqalar undan huquq bo‘yicha bilim, tartib-intizom, jahilni boshqara olish, hayvonot dunyosi hamda shaxmatni o‘rganishlari mumkin. Uning hayotiy prinsiplaridan biri: «Hayotda yiqilganimda meni turg‘izadigan insonim birligi», shuningdek, «Vaqt — pul. Pul ketsa ketsin, vaqt ketmasin».
Kelajakda u Toshkent davlat yuridik universitetiga suhbat asosida 3 yillik ta’limga kirishni, uni bitirib, insonlarga manfaati tegadigan advokat bo‘lishni rejalashtiradi.
Yoshlar uchun uning maslahat va motivatsion fikri: «Bir to‘siqdan o‘tishga kuchingiz va vaqtingiz yetmayaptimi? U to‘siqni buzib tashlang yoki sotib oling.»
Muallif
Toxirov Odil Vohid O'g'li
Huquqshunoslik o‘quvchisi · Bo‘lajak advokat · Shaxmatsevar · Tabiat va hayvonlar ishqibozi · Maqola muallifi
