Toyirov Xondamir Ulug’murodovich

Toyirov Xondamir Ulug’murodovich
Toyirov Xondamir Ulug’murodovich
14 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Toyirov Xondamir Ulug‘murodovich 2006-yil 28-sentyabrda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. U Samarqand shahrida yashaydi. Maktabni tamomlagan Xondamir hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining sirtqi bo‘limida tahsil oladi.

U faoliyatini 2025-yil oktabr oyidan Samarqand viloyati hokimligida yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan va bu yerda 7 oy ishlagan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adaptiv sportni rivojlantirish assotsiatsiyasining Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritadi.

Xondamir o‘qishni tashlab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan paytida otasi bunga qarshi chiqib, o‘qishi va davlat ishida ishlashi kerakligini aytgan. U otasining o‘sha paytdagi fikri to‘g‘ri bo‘lganini ta’kidlaydi va hozirgi ishlari o‘ziga juda yoqishini bildiradi.

U bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi: futbol va voleybol o‘ynaydi, fitnes zaliga boradi. U yangi narsalarni tez o‘rganishga, berilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishga, odamlar bilan tez til topishishga va jamoada ishlashga intiladi. Shuningdek, boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga hamda o‘z ustida doimiy ishlashga harakat qiladi.

Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki lider jamoaga yo‘l ko‘rsatish bilan birga, qabul qilgan qarorlari va jamoa natijalari uchun ham javob bera olishi kerak. Xondamir kelajakda o‘z bilim va tajribasini yanada oshirishni, hozirgi vazifasini sidqidildan bajarib, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yaxshi tajriba orttirishni maqsad qilgan. U davlat xizmatida yuqori lavozimlarda ishlab, vazirlik tizimida faoliyat yuritish, yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shish hamda xalq uchun foydali va malakali mutaxassis bo‘lishni istaydi.

“Ko‘proq ilm olishga, harakatdan to‘xtamaslikka, bilmagan narsani so‘rashdan qo‘rqmaslikka va mas’uliyatli bo‘lishga.”

Hoziroq ariza qoldirish