Turdiboyeva Fazilat Qaxramon qizi

Turdiboyeva Fazilat Qaxramon qizi
Turdiboyeva Fazilat Qaxramon qizi
13 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Turdiboyeva Fazilat Qaxramon qizi 2008-yil 1-mayda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. U Jizzax viloyati Baxmal tumani Temirqadam mahallasida yashaydi. Hozirda Jizzax davlat pedagogika universitetining 1-kurs, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili fakultetining birinchi bosqich talabasi hisoblanadi.

U o‘zi yoqtirgan sohaga qattiq tayyorlanishni maktab davridayoq boshlagan. Ona tili bo‘yicha milliy sertifikatdan B+ darajaga hamda ingliz tili bo‘yicha B2 darajaga ega. U o‘z qiziqishlari va ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi orqali rivojlanib kelmoqda.

Uning hayotiy shiori: “Lider inson maqsadi sari yo‘l izlamaydi, aksincha, yo‘l yaratadi.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat qat’iyatlilikdir. U har bir sohada o‘zini sinab ko‘rishni tanlagan, chunki bu, uning fikricha, bir sohaning mutaxassisi bo‘lishdan ko‘ra dunyoqarashni ancha kengaytiradi. U boshqalarga maqsadi sari, qancha qiyinchilik bo‘lmasin, kurashishni o‘rnak sifatida ko‘rsatishni istaydi.

Uning kelajakdagi maqsadi jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ideal shaxs bo‘lib rivojlanishdir. Uning yoshlar uchun motivatsion fikri: “Hayotingdagi katta muvaffaqiyatlar katta jasoratlaringdan boshlanadi. Maqsad va orzularingdan hech qachon voz kechma.”

Hoziroq ariza qoldirish