Turdimurodova Shahzoda Shoxnazar Qizi
Shahzoda Turdimurodova Shoxnazar qizi 2008-yil 13-iyunda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi. U 2026-yilda 184-umumta’lim maktabini tamomlagan va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-kurs talabasi hisoblanadi. Hozirda onlayn kurslarda dars beradi hamda universitetda tahsil oladi.
U faoliyatini 2024-yildan Instagram orqali daromad qilishdan boshlagan. Taxminan 30 ming so‘mga Xitoy kursini xarid qilib, uni onlayn o‘rgangan. Keyinchalik mobilografiya, Instagram yuritish va shu kabi yo‘nalishlarda ko‘plab insonlarga bilim berib, o‘zining kichik onlayn do‘konini ochgan.
Shahzoda o‘z daromadi hisobidan iPhone xarid qilgan, ota-onasini ko‘plab sovg‘alar bilan xursand qilgan. U mobilografiya bo‘yicha sertifikat, shuningdek, grant asosida o‘qib, ingliz tili va ona tili fanlaridan sertifikatlar olgan. Hozirda IELTS imtihoniga tayyorlanmoqda.
Uning hayotiy prinsipi — boshqalar bilan emas, faqat o‘zi bilan raqobatlashish. U har kuni yangi bilim olishga, ko‘nikmalarini oshirishga va oldinga intilishga harakat qiladi. Bo‘sh vaqtida bilim borasida o‘z ustida ishlaydi, olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydi hamda yangi loyihalar bo‘yicha izlanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyat va intizom eng muhim fazilatlardir.
Kelajakda u o‘zbek tili va adabiyot sohasi bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lishni, shaxsiy metodikasi asosida hamyonbop narxlardagi o‘quv markazini ochishni rejalashtiradi. Shuningdek, yangi loyiha yaratib tanilish, Prezidentimiz bilan suhbatlashish, katta cho‘qqilarga chiqish va ko‘plab tillarni o‘rganishni maqsad qilgan.
U 16 yoshidan shaxsiy daromad qila boshlaganini, ko‘plab insonlarga foydasi tekkanini aytadi. Yaqinda uning bitta reelsi orqali ko‘plab qizlar super kontrakt orqali o‘qishga kirib, talaba bo‘lgani va ularga yordam berganini bildiradi. Shahzoda to‘qishni biladi, tez yuguradi va voleybol o‘ynaydi. U ko‘pgina sohalarda iste’dodi borligi hamda ishlarni tez eplab ketishiga ishonadi.
“Bugun kiritgan har bir mehnatingiz vaqt o‘tib albatta o‘zining ijobiy mevasini beradi. Harakatni keyinga surmang va bugundanoq o‘z orzularingiz sari dadil qadam tashlang.”
