Turg'unova Mushtariybonu Abduno'mon Qizi
Turgʻunova Mushtariybonu Abdunoʻmon qizi 2006-yil 6-iyunda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U hozirda Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Yaypan shahrida yashaydi.
Mushtariybonu Qoʻqon universitetining iqtisodiyot yoʻnalishi bakalavriat bosqichi 2-kursida tahsil oladi. U oʻqishni 2024-yil sentyabrda boshlagan.
U ingliz tilidan CEFR B2 sertifikatiga ega, Techgirl sertifikatini olgan va koreys tilini B1 darajada biladi. Universitetdagi asar bellashuvida 1-oʻrinni egallagan. Bilim targʻibotchisi Muhammadali Eshonqulov bilan boʻlgan suhbat uning oʻzgarishiga turtki bergan.
Boʻsh vaqtida til oʻrganish va grafik dizayn bilan shugʻullanadi. U tabiatan introvert, biroq bilim saviyasi yuqori insonlar bilan soatlab suhbatlashishni yoqtiradi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar — davomiylik va har qanday vaziyatda oʻz ustida ishlashdir. U boshqalarga tizimli va natijaga yoʻnaltirilgan intizomni oʻrgata olishiga ishonadi.
Mushtariybonu magistratura taʼlimini UK, yaʼni Buyuk Britaniyada davom ettirishni hamda oʻz brendiga ega boʻlishni rejalashtiradi. Uning hayotiy prinsipi: «Keng dunyoqarash tasodifan berilmaydi; u har bir oʻqilgan sahifa, har bir yengib oʻtilgan qiyinchilik va uzluksiz izlanish mahsulidir. Chegaralarni faqat bilimsizlik yaratadi».
